Jizzax viloyatida "Xalqchil IPO" dasturining mazmun-mohiyatini fuqarolarga tushuntirish, moliyaviy savodxonligini oshirish maqsadida, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi, "Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish" AJ Jizzax viloyat vakillari, "O‘zbekiston respublika tovar xom-ashyo birjasi" AJ hamda "Freedom Broker" brokerlik kompaniyasi mas'ul xodimlari ishtirokida joriy yil 16-oktabr kuni "Roadshow" taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Mazkur taqdimotda, fuqarolar "Xalqchil IPO" dasturi bo‘yicha ommaviy savdolarga chiqadigan aksiyalar, ularni qanday sotib olish va ulardan qanday dividend olish mumkinligi to‘g‘risida ma'lumotlar olishdi.
Taqdimot yakuni, savol-javob tarzida o‘tkazilib, ishtirokchilarda yuzaga kelgan savollarga soha vakillari misollar keltirgan holda javob berishdi.