Xususiylashtirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 19 apreldagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-162-son qarori qabul qilindi.

 

   So‘nggi yillarda iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, davlat mulkini xususiylashtirish orqali xususiy sektor ulushini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun sharoit yaratish, samarasiz ishlayotgan va istiqbolsiz korxonalarni tugatish yuzasidan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.

  Xususan, 2020 — 2023-yillarda 4,5 mingta davlat aktivlarining xususiylashtirilishi natijasida 20 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi, xususiylashtirilgan korxonalarning soliq tushumlari 1,3 barobarga, sof aktivlari esa 1,5 barobarga oshdi.

  Ommaviy savdolarga chiqariladigan davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning ko‘chmas mulk obyektlari ro‘yxati qarorning 2-ilovasiga asosan Jizzax viloyati hududidan 69 tani tashkil qilib, shundan  Arnasoy tumanida 5 ta, Baxmal tumanida 5 ta, G‘allaorol tumanida 4 ta, Do‘stlik tumanida 2 ta, Jizzax shahrida 14 ta, Zarbdor tumanida 7 ta, Zafarobod tumanida 4 ta, Zomin tumanida 8 ta, Mirzacho‘l tumanida 6 ta, Paxtakor tumanida 5 ta, Forish tumanida 2 ta, Sharof Rashidov tumanida 4 ta, Yangiobod tumanida 3 ta obyektlardan iborat.

44 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech