Ру Ўз O'z En

Rahbariyat

Abdujalilov Asil Abduraxmanovich

Boshqarma boshlig'i

Jizzax@davaktiv.uz
Dushanba - Juma 09:00 dan 18:00 gacha
(72) 226-25-04
Abdujalilov Asil Abdurahmanovich

Tugʻilgan yili: 1987-yil.

Maʼlumoti: Oliy.

Tamomlagan: 2008-yil Jizzax politexnika instituti, 2023-yil Bank moliya akademiyasi magistraturasi

Mehnat faoliyati:

2004-2009 yy. - Jizzax shahridagi "Dilfuza Abduraxmon qizi" MCHJ yordamchi hisobchi

2009-2012 yy. - Jizzax viloyati hokimligi moliya boshqarmasi Byudjet ijrosi hisobi va hisoboti bo‘limi 1-toifali iqtisodchisi, bosh iqtisodchisi

2012-2013 yy. - Jizzax viloyati “Jizzax neft baza” unitar korxonasi “Zarbdor” filiali bo‘yicha Moliya vazirligi moliya inspektori

2013-2015 yy. - Jizzax viloyati hokimligi moliya boshqarmasi Byudjet ijrosi hisobi va hisoboti bo‘limi bosh hisobchi o‘rinbosari

2015-2018 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi ijroiya direksiyasining xududiy vakili- yetakchi iqtisodchi

2019-2020 yy. - Jizzax shahar hokimligi moliya bo‘limi Davlat maqsadli dasturlari monitoringi masalalari bo‘yicha mudir o‘rinbosari-shoʻba mudiri

2020-2021 yy. - Jizzax viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari-oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘lim boshlig‘i 

2021-2023 yy. - Jizzax shahar hokimligi moliya bo‘limi mudiri

2023-2024 yy. - Jizzax shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi

2024-2025 yy. - Jizzax shahar hokimining o‘rinbosari, shahar investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i

2025-2026 yy.  - G‘allaorol tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, tuman moliya-iqtisodiyot bo‘limi boshlig‘i

2026-y. – x.v. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi

Abdujalilov Asil Abdurahmanovich

Davaktiv agentligiga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorg‘i Kengesi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va soliq xizmatining hududiy boshqarmalar rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar (keyingi o‘rinlarda – kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar) bilan o‘zaro hamkorlik qilish;

o‘ziga berilgan vakolat doirasida xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari) bo‘yicha aksiyador (taʼsischi va ishtirokchi) huquqlarini amalga oshirish;

davlat aktivlarini realizatsiya qilish (xususiylashtirish) va ijaraga berishning ochiq va shaffof mexanizmini taʼminlash, investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishini monitoring qilish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etish;

tahlil asosida davlat ishtirokidagi faoliyat yuritmayotgan, past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash, ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish hamda faoliyati samaradorligini oshirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

to‘lovga qobiliyatsizlik ishlari bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish.

Davaktiv agentligi faoliyati bilan bog‘liq qonunchilik hujjatlarni o‘rganib borish va bilish.

Davlat mulki reyestri yagona markazlashtirilgan elektron axborot maʼlumotlar bazasi shaklida tegishli idoralar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida o‘z hududidagi davlat ulushi mavjud xo‘jalik jamiyatlari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat mulki bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari, intellektual mulk va avtomototransport vositalarining reyestrini (xatlovdan o‘tkazish va hisobga olish qonunchilik hujjatlariga nazarda tutilgan tartibda tegishli vakolatli davlat organlari tomonidan yuritiladigan mol-mulk bundan mustasno) yuritadi;

davlat muassasalari va davlat ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, shuningdek, davlat ulushining vujudga kelishi va miqdorining o‘zgarishi bilan bog‘liq taʼsis hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan oldin Davaktiv agentligi hududiy boshqarmasining buyrug‘ini qabul qiladi;

ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining samarali biznes-rejalari ishlab chiqilishiga ko‘maklashadi va ularning parametrlari bajarilishi monitoringini olib boradi, shuningdek, ularning investitsiya loyihalari, biznes-reja ko‘rsatkichlari va moliyaviy holatlarini tahlil qilgan holda dividend miqdori yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi;

o‘ziga berilgan davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruv prinsiplariga muvofiq davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi aʼzolari va ijro etuvchi organlar rahbarlarini ularning boshqaruv organlari orqali tayinlashni (tanlov o‘tkazishni, saylashni) tashkil etadi;

o‘z vakolati doirasida xo‘jalik jamiyatlarining boshqaruv organlari majlislari kun tartibi masalalari yuzasidan ovoz berish siyosati bo‘yicha ishonchli boshqaruvchilarga va o‘zining vakillariga ko‘rsatmalar beradi;

o‘z vakolati doirasida ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining aksiyadorlari (ishtirokchilari) umumiy majlisida ishtirok etish uchun o‘zining vakillariga ishonchnomalar beradi;

xo‘jalik jamiyatlari boshqaruv organlarida o‘ziga egalik qilish va foydalanish uchun berilgan davlat aksiya paketlari (ulushlar) bo‘yicha aksiyador (qatnashchi) sifatida davlat manfaatlarini ifodalaydi;

davlat ulushi mavjud xo‘jalik jamiyatlarida Korporativ boshqaruv qoidalari, Axloq kodeksi va korporativ boshqaruvni baholash tizimini joriy etish to‘g‘risidagi masalani jamiyatning aksiyadorlar (taʼsischilar) umumiy yig‘ilishiga kiritadi;

o‘ziga berilgan ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari kuzatuv kengashi tarkibiga mustaqil aʼzolarni kiritishni tashkil etadi;

zarurat bo‘lganda, huquqni muhofaza qilish organlari va sudlarga murojaat qilish, shu jumladan, yuqori malakali mutaxassislarni yollash yo‘li bilan aksiyador (qatnashchi) sifatida, shu jumladan, Davaktiv agentligi markaziy apparati tomonidan boshqarilayotgan aktivlar bo‘yicha davlat manfaatlarini himoya qilishni taʼminlaydi;

davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini, shu jumladan, ularning daromadlarini va kapitallashuv darajasini oshirish choralarini ko‘radi;

o‘ziga mulkdor (aksiyador, ishtirokchi, muassis) funksiyalarini amalga oshirish uchun berilgan davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashlari tomonidan har chorakda ijro etuvchi organlarning korxona faoliyatining samaradorligi, shu jumladan, amalga oshirilgan xaridlar to‘g‘risidagi hisobotlari eshitib borilishini nazorat qiladi;

o‘z vakolati doirasida davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari aktivlarini xatlovdan o‘tkazishni tashkil etadi va ulardan samarali foydalanish choralarini ko‘rishda ishtirok etadi;

xo‘jalik jamiyatining aksiyalarini (ulushlarini) davlat mulki sifatida olish yuzasidan takliflarni tayyorlaydi va ko‘rib chiqish uchun Davaktiv agentligi markaziy apparatiga kiritadi;

mahalliy va xorijiy investorlarni xususiylashtirilayotgan davlat aktivlariga jalb etish maqsadida reklama-axborot ishlarini amalga oshiradi;

davlat aktivlarining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish yo‘li bilan xususiylashtirish jarayoniga ko‘maklashadi;

davlat mulkini boshqarish masalalari bo‘yicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlarining hududiy bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;

o‘z hududida davlat muassasalarning, shu jumladan, davlat organlarining hududiy bo‘linmalarining va tuman (shahar) hokimliklarining davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

davlat mulkining sotuvchisi vazifasini bajaradi;

Davaktiv agentligi markaziy apparati bilan kelishilgan holda, davlat mulkini xususiylashtirish tartib-taomillarini amalga oshirish uchun ishonchli boshqaruvchilar, maslahatchilar va ekspertlarni jalb etadi, shuningdek, ularga to‘lanadigan haq miqdorini belgilaydi;

xususiylashtirish obyektlarini sotishdan oldin tayyorlaydi va xususiylashtirishning, shu jumladan, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari korxonalarining, aniq investitsiya majburiyatlari evaziga realizatsiya qilingan obyektlarni xususiylashtirishning shartnomaviy shartlarini belgilashda ishtirok etadi;

Davaktiv agentligi rahbariyatining qonunchilik hujjatlari doirasidagi topshiriqlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.

Haydarov Farhod Xolmurodovich

Boshqarma boshlig'i o'rinbosari v.b

Jizzax@davaktiv.uz
Dushanba - Juma 09:00 dan 18:00 gacha
(72) 226-39-31
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech