Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

31 Mart 2026

Zarbdor tumanida davlat aktivlari va yer uchastkalari bo‘yicha “Roadshow” tadbiri o‘tkazildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi hamda Zarbdor tuman hokimligi hamkorligida joriy yil 31-mart sanasida bo‘sh turgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish va xususiy sektor ulushini kengaytirishga qaratilgan navbatdagi “Roadshow” targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

 Mazkur tadbir davomida savdoga chiqarilayotgan davlat aktivlari, shu jumladan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlari  hamda yer uchastkalari keng jamoatchilik va tadbirkorlik subyektlariga taqdim etildi. Shuningdek, ishtirokchilarga ochiq va shaffof "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali aktivlarni realizatsiya qilish, ularni xususiylashtirish tartib-taomillari  yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

74 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech