Yangiliklar

30 Iyul 2024

YER UCHASTKALARINGIZNI XUSUSIYLASHTIRISHGA SHOSHILING!

O‘zingizga tegishli yer uchastkasini xususiylashtirish uchun istalgan hududdagi DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIGA yoki my.gov.uz sayti orqali ariza topshirish mumkin.

 

Ariza topshirish: https://my.gov.uz/oz/service/313

 

Arizaga ijobiy javob berilganda, yuridik va jismoniy shaxslar uchun sotib olish qiymatini aniqlashda, o‘sha kunda belgilangan bazaviy soliq stavkasining Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 10 barobari, boshqa hududlarda 5 barobari (1 kvadrat metr uchun so‘mda) hisoblanadi.

 

Yer uchastkalarini xususiylashtirishning afzalliklari:

-Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilmaydi;

-Yerlarni xususiy mulk qilib olish;

-Yerlarni sotish mumkin;

-Garovga qo‘yish imkoniyati mavjudligi.

-Bundan tashqari, snos kabi masalalar faqatgina yer egasining roziligi bilan amalga oshiriladi.

6 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech