Hurmatli hamkasblar va aziz yurtdoshlar!
Sizlarni kirib kelayotgan yangi 2026-yil bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!
Yakunlanayotgan yilda viloyatimiz iqtisodiyoti rivoji, davlat aktivlarini xususiylashtirish va boshqarish samaradorligini oshirish yo‘lida birgalikda salmoqli natijalarga erishdik. Yangi 2026-yilda ushbu islohotlarimiz yangi bosqichga ko‘tarilishiga, hududimiz ravnaqi yo‘lidagi barcha loyihalarimiz muvaffaqiyatli amalga oshishiga ishonamiz.
Yangi yilda xonadoningizga tinchlik-totuvlik, sihat-salomatlik va ish faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. 2026-yil Vatanimiz uchun qutlug‘ va barakali kelishini tilab qolamiz!

