Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar! Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Jizzax viloyati hududiy boshqarma jamoasi sizlarni va oila a’zolaringizni muborak Qurbon hayiti ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi.
Xalqimizning azaliy qadriyatlari, mehr-oqibat, saxovat, bag‘rikenglik va insonparvarlik fazilatlarini o‘zida mujassam etgan ushbu qutlug‘ bayram barchamizning qalbimizga quvonch, xonadonlarimizga fayzu baraka olib kirsin.
Muborak ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat tilaymiz. Alloh barcha ezgu niyat va duolaringizni ijobat aylasin.

