Yangiliklar

25 Dekabr 2024

Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Joriy yilning 24-dekabr kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Mazkur ochiq muloqotda, Davaktiv agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar, jumladan Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi yoshlari ham ishtirok etishdi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori Akmalxon Ortiqov so'zga chiqib yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar va erishilayotgan yutuqlar to'g'risida yig'ilish ishtirokchilariga ma'lumotlar berib o'tildi.

Yoshlarning taklif va mulohazalari tinglandi va amaliyotga tadbiq etish bo'yicha Davaktiv agentligi direktori tomonidan tegishli ko'rsatma hamda tavsiyalar berildi.

Yig'ilish yakunida, yil davomida turli yo'nalish bo'yicha faol yoshlar munosib taqdirlandi.

5 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech