Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

30 Iyun 2026

Yoshlar kuni doirasida Toshkent viloyati Bekobod tumanida yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, Davlat aktivlari agentligiga Toshkent viloyati Bekobod tumanidan jami 40 nafar ishsiz yoshlar biriktirilgan.

 

Clipboard%20-%2030%20%D0%B8%D1%8E%D0%BD%D1%8F%202026%20%D0%B3.,%2012:12.png

 

Mazkur yoshlar Yangiovul MFYdan 9 nafarXos MFYdan 18 nafarO‘rikzor MFYdan 10 nafar hamda Ilg‘or MFYdan 3 nafarni tashkil etadi.

 

30-iyun — Yoshlar kuni doirasida mazkur yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlariga ko‘maklashish maqsadida Davlat aktivlari agentligining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi, Agentlik yoshlar yetakchisi hamda Yoshlar ishlari agentligi mas’ul xodimlari ishtirokida mahallalarda ochiq muloqotlar tashkil etildi.

 

Uchrashuvlar davomida yoshlarning qiziqishlari, kasbiy yo‘nalishlari hamda mavjud ehtiyojlari atroflicha o‘rganildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, ularning bandligini ta’minlash va o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishlariga amaliy ko‘mak berish maqsadida zarur mehnat vositalari topshirildi.

 

Clipboard%20-%2030%20%D0%B8%D1%8E%D0%BD%D1%8F%202026%20%D0%B3.,%2012:12.png

 

Xususan, yoshlarga 9 ta yuk tashuvchi elektr mototexnikasi9 ta tikuv mashinasi7 ta kompyuter jamlanmasi5 ta ustachilik anjomi4 ta motokultivator hamda 3 ta payvandlash uskunasi topshirildi.

 

Clipboard%20-%2030%20%D0%B8%D1%8E%D0%BD%D1%8F%202026%20%D0%B3.,%2012:12.png

 

Mazkur amaliy yordam yoshlarning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini yaratish va ularning jamiyatdagi faolligini oshirishga xizmat qiladi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

 

Clipboard%20-%2030%20%D0%B8%D1%8E%D0%BD%D1%8F%202026%20%D0%B3.,%2012:12.png

Clipboard%20-%2030%20%D0%B8%D1%8E%D0%BD%D1%8F%202026%20%D0%B3.,%2012:12.png

127 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech