Bugun 29-iyun kuni Paxtakor tuman hokimligida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi hamda "Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish" AJ Jizzax viloyat vakillari tomonidan savdodagi davlat aktivlari, investitsion salohiyatga ega yer uchastkalarini tadbirkorlarga keng jalb etish maqsadida “Roadshow” targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda tuman hokimligi mas’ullari, tadbirkorlik subyektlari, investorlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

“Roadshow” davomida mas'ullar tomonidan xususiylashtirish, auksion savdolariga chiqarilgan davlat aktivlari, yer uchastkalari va ularning joylashuvi, foydalanish yo‘nalishlari hamda savdolarda ishtirok etish tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berilib, fuqarolar va tadbirkorlar soha bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

