Yangiliklar

30 Sentyabr 2024

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.09.2024-yildagi PF-135-son Farmonidagi imtiyozlar va imkoniyatlar

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-son Farmoni bilan boshlangan yer munosabatlari sohasidagi islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida:
1. Belgilansinki:
a) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi:
Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida — 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni o‘n besh ish kunida amalga oshirish sharti bilan;
boshqa aholi punktlarida — 5 yil davomida, 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10 yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni o‘n besh ish kunida amalga oshirish sharti bilan;
b) barcha turdagi yer uchastkalarining qiymati o‘n besh ish kunida to‘liq to‘langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi, bundan boshlang‘ich narxi 50 foizdan ortiqqa pasaytirilgan holda realizatsiya qilingan yer uchastkalari mustasno;
v) yer uchastkalari eng yaxshi taklifni tanlash asosida baholovchi tashkilot aniqlaydigan bozor qiymatida Vazirlar Mahkamasi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri realizatsiya qilinganda, ushbu yer uchastkasi uchun quyidagi shakllardan birida hisob-kitob qilinishi mumkin:
yer uchastkasining qiymatini bevosita to‘lash, shu jumladan, ushbu bandga muvofiq bo‘lib-bo‘lib to‘lash;
yer uchastkasining qiymatini talabgor tomonidan tashkil etilgan (tashkil etiladigan) xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga 1-ilovada belgilangan shartlar asosida davlat ulushi sifatida kiritish.
 
Fuqarolar va yuridik shaxslar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini yuqorida keltirilgan imtiyozlardan foydalangan holda "E-auksion.uz" savdo platformasidan xarid qilishlari mumkin.
2 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech