Yangiliklar

15 Avgust 2025

my.gov.uz portalining “Ko‘chmas mulk” sohasiga alohida “Xususiylashtirish” yo‘nalishi qo‘shildi

Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi imkoniyatlar yaratildi. Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — "my.gov.uz" (keyingi oʻrinlarda — Portal) orqali fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish imkoniyatlari yanada kengaydi.

Endilikda Portalning “Koʻchmas mulk” sohasi tarkibida alohida “Xususiylashtirish” yoʻnalishi ishga tushirildi. Shuningdek, Davlat aktivlari agentligi tomonidan berilgan davlat namunasidagi orderlar va sertifikatlarni elektron shaklda koʻrish hamda yuklab olish imkoniyati joriy etildi.

 Yangi “Xususiylashtirish” yoʻnalishi “Koʻchmas mulk” sohasining tarkibiy qismi sifatida fuqarolar va yuridik shaxslarga xususiy mulkka ega boʻlish jarayonini onlayn tarzda amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

 Davlat aktivlari agentligi tomonidan mazkur yoʻnalishda quyidagi 7 ta xizmat taqdim etiladi:

  1. Yer uchastkalarini xususiylashtirish — fuqarolar va yuridik shaxslarga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini xususiy mulkka aylantirish.
  2. Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish uchun buyurtma berish — davlat mulki obyektlarini sotib olish jarayonini onlayn tarzda boshlash.
  3. Koʻchmas mulk obyektlari va davlat ulushlari xususiylashtirilganligi toʻgʻrisidagi order va sertifikatlarni taqdim etish — rasmiy davlat namunasidagi hujjatlarni olish.
  4. Xususiylashtirishning birlamchi miqdorini hisoblash — qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun dastlabki hisob-kitobni amalga oshirish.
  5. Boʻsh turgan davlat obyektlari toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etish — xususiylashtirish yoki ijaraga olish mumkin boʻlgan boʻsh davlat mulki obyektlari roʻyxatini koʻrish.
  6. E-AUKSION gʻolibligi haqida bayonnoma olish — elektron auksionda gʻolib boʻlgan ishtirokchilar uchun rasmiylashtirilgan bayonnomani yuklab olish imkoniyati.

 Eng muhim yangiliklardan biri — Davlat aktivlari agentligi tomonidan yer uchastkalarini xususiylashtirish boʻyicha berilgan davlat namunasidagi orderlar va sertifikatlar avtomatik ravishda Portaldagi shaxsiy kabinetning Mening koʻchmas mulklarim boʻlimida aks ettiriladi.


Bu orqali:

  • Fuqarolar va tadbirkorlar hujjatlarini olish uchun davlat organlariga borish zarurati yoʻq;
  • Barcha maʼlumotlar 24/7 rejimida onlayn tarzda mavjud boʻladi;
  • Order va sertifikatlarni elektron formatda yuklab olish va chop etish imkoniyati yaratiladi;
  • Maʼmuriy jarayonlar shaffofligi va tezkorligi taʼminlanadi.

 Mazkur yangiliklar xususiylashtirish jarayonlarini yanada soddalashtirish, fuqarolar va tadbirkorlar uchun vaqt va mablagʻlarni tejash, davlat xizmatlarini raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish hamda mamlakatda xususiy mulk institutini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Yangi yoʻnalishning joriy etilishi orqali xususiylashtirish sohasidagi barcha xizmatlar yagona elektron maydonda jamlanib, ulardan foydalanish jarayoni foydalanuvchi uchun qulay, tezkor va shaffof boʻladi.

 "my.gov.uz" portalining yangi Xususiylashtirish yoʻnalishi — bu fuqarolar va biznes vakillariga raqamlashgan, qulay va tezkor xizmat koʻrsatish yoʻlidagi muhim qadam hisoblanadi.Yangi yoʻnalish — bu xususiy mulkka ega boʻlish yoʻlida qulay, tezkor va zamonaviy qadam.

 Ta'kidlash joizki, mazkur yangiliklar xususiylashtirish jarayonlarini yanada soddalashtirish, fuqarolar va tadbirkorlar uchun vaqt va xarajatlarni tejash, davlat xizmatlarini raqamlashtirish hamda shaffoflikni ta'minlash maqsadida joriy etildi.

2 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech