Joriy yil 24-fevral bo'lib o'tgan "E-auksion" savdolarida Jizzax viloyati hududidan 640,6 mln so'm boshlang'ich qiymatidagi 5 ta davlat aktivlari 932,4 mln so'mga sotildi.
Xususiylashtirish uchun asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.03.2023-yildagi PQ-102 hamda 19.04.2024-yildagi PQ-162-sonli qarori.
- Arnasoy tumani: 2 ta obyekt (noturar bino) boshlang'ich narxi 478 887 000,0 so‘m, sotilgan narxi 526 775 700,0 so‘m.
- Zomin tumani: 2 ta obyekt (sobiq qozonxona binosi hamda savdo va umumiy ovqatlanish shahobchasi) boshlang'ich narxi 141 978 700,0 so‘m, sotilgan narxi 383 837 560,0 so‘m.
-Mirzacho'l tumani: 1 ta obyekt (sobiq chorvachilik kompleksi) boshlang'ich narxi 19 763 800,0 so‘m, sotilgan narxi 21 470 180,0 so‘m.