Bugun 29-iyul bo'lib o'tgan "E-auksion" savdolarida Jizzax viloyati, Paxtakor tumani hududidan 410,1 mln so'm boshlang'ich qiymatidagi 1 ta noturar bino (sobiq suyultirilgan propan gaz balon saqlash va tarqatish bino inshootlari) 451,1 mln so'mga sotildi.
-Yer uchastkasining egallagan umumiy maydoni (ga): 0,2234
-Binolar va inshootlarning egallagan umumiy maydoni (kv.m): 180,6
Batafsil ma'lumot olish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin.