Joriy yil 26-iyun kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi mas'ul xodimi, Jizzax viloyati tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish vakil devoni hamda sohaga tegishli tashkilotlar ishtirokida tadbirkorlar uchun Kichik sanoat zonalari yer uchastkalarini xususiylashtirish bo'yicha seminar tashkil qilindi.
Mazkur seminarda kichik sanoati zonasida joylashgan yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayonlari, xususiylashtirishning afzalliklari, shuningdek mavjud yaratilgan imtiyozlar va imkoniyatlar to'g'risida batafsil ma'lumotlar berildi.
Tadbirda ishtirok etgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan berilgan savollarga javob berilib, mas'ullar tomonidan yer uchastkalari bo'yicha mavjud muammolarga ijobiy yechim topish masalasi ko'rib chiqildi.