Joriy yilning 3-iyun kuni Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Azimov rahbarligida, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi rahbariyati va viloyatdagi tegishli mas'ul tashkilotlar ishtirokida tadbirkorlik maqsadlarida yer maydonlarini ajratish va xususiylashtirish jarayonlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.

Mazkur ochiq muloqotda 50 nafardan ortiq tadbirkorlar ishtirok etib, sohada mavjud muammolar o‘ganildi va ayrim vaqt talab etilmaydigan muammolar mas'ullar tomonidan joyida bartaraf etildi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan yer uchastkalarini sotib olish, xususiylashtirish va qonunchilikda belgilangan imtiyozlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.


