Yangiliklar

21 Iyun 2024

Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimchalar kiritildi. 

(O‘RQ-933-son, 19.06.2024 y.)

Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.

Unga ko‘ra:

Davlat mulkini belgilangan tartibda ijara shartnomasini tuzmasdan ijaraga berish, ijaraga olingan davlat mulkini qabul qilib olishda, ijara munosabatlarining obyekti hududiga kirishda va undan foydalanishda ijaraga oluvchiga asossiz ravishda to‘sqinlik qilish yoki ijaraga berilayotgan davlat mulkining parametrlari va sonini ijara shartnomasida noto‘g‘ri ko‘rsatgan holda davlat mulkini ijaraga berish:

- mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi;

- Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa:

- mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

7 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech