Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

01 Iyun 2026

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xodimlari farzandlari oʻrtasida “Tinch osmon – baxtli bolalar” mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkazildi

“1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xodimlarining 12 yoshgacha boʻlgan farzandlari oʻrtasida “Tinch osmon – baxtli bolalar” mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkazildi.

“1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xodimlarining 12 yoshgacha boʻlgan farzandlari oʻrtasida “Tinch osmon – baxtli bolalar” mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkazildi.

 

IMG_7768.jpeg

IMG_7775.jpeg

 

Mazkur tanlov bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning tasavvur olami va isteʻdodlarini qoʻllab-quvvatlash hamda tinchlik va baxtli bolalik gʻoyalarini targʻib qilish maqsadida tashkil etildi.

 

IMG_7780.jpeg

IMG_7784.jpeg

 

 

Tanlov davomida ishtirokchilar oʻz rasmlarida begʻubor bolalik, tinch osmon, yorqin kelajak va ezgu orzularni aks ettirib, oʻz ijodiy yondashuvlari hamda isteʻdodlarini namoyon etdilar.

 

IMG_7792.jpeg

IMG_7793.jpeg

 

IMG_7789.jpeg

 

 

Tadbir yakunida tanlov gʻoliblari va faol ishtirokchilar munosib taqdirlanib, ularga esdalik sovgʻalari topshirildi.

 

IMG_7818.jpeg

 

O'tkazilgan ushbu tadbir bolalarning ijodiy salohiyatini qoʻllab-quvvatlash, ularga quvonch ulashish hamda bayram kayfiyatini yanada oshirishga xizmat qildi.

 

IMG_7751.jpeg

 

Shuningdek, 1-iyun-Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan, Davlat aktivlari agentligi xodimlarining 12 yoshgacha bo‘lgan farzandlariga ko‘ngilochar bog‘larga yo'llanmalar tarqatildi.

11 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech