Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

25 Iyun 2026

BIZ NARKOTIKLARGA QARSHI BIRLASHAMIZ!

Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik va boshqa zararli illatlarning oldini olish maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasida #STOPNARKO xeshtegi ostida “Biz narkotiklarga qarshi birlashamiz!” mavzusida chellenj tashkil etildi.

Mazkur tadbir davomida boshqarma xodimlari giyohvandlikning salbiy oqibatlari, uning inson salomatligi va jamiyat taraqqiyotiga yetkazadigan zararlarini keng jamoatchilikka yetkazish, ayniqsa yoshlarni bu illatdan asrash zarurligini targ‘ib qildilar.

Chellenj ishtirokchilari narkotik vositalarning noqonuniy aylanishi va iste’moliga qarshi kurashishda barchaning mas’uliyati muhim ekanligini ta’kidlab, sog‘lom va xavfsiz hayot tarzini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdilar.

“Biz narkotiklarga qarshi birlashamiz!” shiori ostida o‘tkazilgan ushbu chellenj giyohvandlikka qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish hamda sog‘lom avlodni tarbiyalash yo‘lidagi sa’y-harakatlarni yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

42 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech