Yangiliklar

04 Noyabr 2024

Baholovchilar uchun malaka test imtihoni bo'lib o'tadi

Joriy yilning 6-7-avgust kunlari soat 10:00 dan boshlab Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Agentlikning hududiy boshqarmalari joylashgan binolarda baholovchilar uchun malaka test imtihonlari oʻtkaziladi.

Jizzax viloyat hududiy boshqarmasida ham 1 nafar baholovchilar uchun malaka test imtihoni bo'lib o'tishi belgilangan.

Shuningdek, talabgorlar yashash joylari boʻyicha oʻzlariga qulay Davaktiv agentligi va Agentlikning hududiy boshqarmalari binosiga kelib, test imtihonlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test imtihonlari onlayn shaklda bo'lib videotasvir orqali uzatib boriladi.

Batafsil ma'lumot olish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin.

Tel: (72) 226-39-31

4 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech