Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

16 Sentyabr 2026

Baxmal tumanidagi mahalla raislariga o'quv seminar tashkil etildi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi hamda Kadastr agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda Jizzax viloyati hokimining "Mahalla o‘n yettiligi" a'zolarini o'qitish, ularning kasbiy salohiyatini oshirish va mahallalarda ishlarni samarali tashkil etish to'g'risidagi topshirig'iga asosan, Baxmal tumanining barcha 34 nafar mahalla raislariga mahallalarda bo‘sh turgan obyektlar va yer uchastkalaridan samarali foydalanish mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.

Mazkur seminarda Jizzax viloyat Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Abdujalilov so‘zga chiqib, bo‘sh turgan obyektlar va yer uchastkalarini ommaviy savdolariga chiqarish va sotib olish jarayonlari, shuningdek Prezidentimizning 28.08.2026-yildagi PF-177-sonli Farmoni (https://lex.uz/uz/docs/-8458324)da belgilangan imtiyozlar to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, Kadastr agentligi Jizzax viloyat boshqarmasi boshlig‘i N.Siddiqov tomonidan mahalla raislaridan noqonuniy yer uchastklarida tegishli ruxsat bo‘lmasdan qurilish qilmasliklari to'g'risida aholini xabardor qilish to'g'risida ham to'xtalib o'tildi.

Mahallalarda joylashgan savdodagi davlat aktivlari va yer uchastkalarini sotish orqali tadbirkorlik muhitini yaxshilash, aholi bandligini ta'minlash va daromadini oshirish asosiy mezon ekanligi ta'kidlandi.

31 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech