Yangiliklar

20 Yanvar 2025

2025-yil 21-22-yanvar kunlari baholovchilar uchun malaka test imtihoni o'tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi baholovchilar uchun navbatdagi malaka imtihonlari 2025 yil 21-22-yanvar kunlari Agentlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari binolarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.

Ariza beruvchilar yashash joyidan qat’i nazar, Agentlikning istalgan hududiy boshqarmalariga topshirish uchun kelishi mumkin.

Belgilangan sanada imtihon topshirish uchun ro‘yxatga olingan shaxslar belgilangan sanada malaka imtihoniga kelishlari shart.

Belgilangan kunda testga qatnashmagan talabgor kelmagan deb hisoblanadi va bunday shaxslar boshqa imtihon kuni test topshirishga ruxsat etilmaydi.

Malaka imtihoniga kirish faqat o‘zini tasdiqlovchi xujjat (pasport yoki ID-karta) bilan amalga oshiriladi.

Malaka imtihonini topshirish vaqtida talabgorlarga quyidagilar taqiqlanadi:

- qonunchilik va o‘quv materiallaridan, ma’lumotnoma va maxsus adabiyotlardan foydalanish;

- mobil telefonlar va boshqa aloqa vositalaridan foydalanish;

- boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish. Ushbu talablarni buzgan talabgorlar auditoriyadan chetlashtiriladi va malaka imtihonidan o‘ta olmagan deb hisoblanadi.

Murojaat uchun telefon raqamlari: (998 71) 259-22-87, 259-20-19.

4 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech