Joriy yil 23-yanvar bo'lib o'tgan "E-auksion" savdolarida Jizzax viloyati, Sharof Rashidov tumani, Qatortol MFY hududidan 1,2 mlrd so'm boshlang'ich qiymatidagi 1 ta davlat aktivi (mini futbol sport majmuasi) 1,3 mlrd so'mga sotildi.
-Yer uchastkasining egallagan umumiy maydoni (ga): 0,2749
-Binolar va inshootlarning egallagan umumiy maydoni (kv.m): 2055,38
-Yerga bo'lgan huquq turi: mulk
Xususiylashtirish uchun asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.04.2024-yildagi PQ-162-son qarori
Batafsil ma'lumot olish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasiga murojaat qilishingiz mumkin.