Yangiliklar

24 Aprel 2025

Jizzax viloyatidagi 3 ta davlat aktivlari 23,0 mlrd so‘mga sotildi

Joriy yil 24-aprel bo'lib o'tgan "E-auksion" savdolarida Jizzax viloyati hududidan  21,8 mlrd so'm boshlang'ich qiymatidagi 3 ta davlat aktivlari qariyb 23,0 mlrd so'mga sotildi.

  • Jizzax shahri, A.Navoiy MFYdagi qurilishi tugallanmagan 7 qavatli binoning boshlang'ich narxi 21 540 588 771,0 so‘m, sotilgan narxi 22 617 618 209,0 so‘m.
  • Zafarobod tumani, Uzun QFYdagi noturar binoning (sobiq ma'muriy bino) boshlang'ich narxi 214 326 000,0 so‘m, sotilgan narxi 235 758 600,0 so‘m.
  • Zarbdor tumani, Yangikent MFYdagi noturar binoning (sobiq madaniyat uyi binosi) boshlang'ich narxi 68 590 500,0 so‘m, sotilgan narxi 102 885 750,0 so‘m.

Xususiylashtirish uchun asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga asosan.

6 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech