Yangiliklar

02 Sentyabr 2025

Jizzax viloyatidagi 2 ta davlat aktivlari 3,6 mlrd so‘mga sotildi

Joriy yil 2-sentabr bo'lib o'tgan "E-auksion" savdolarida Jizzax viloyati hududidan  3,0 mlrd so'm boshlang'ich qiymatidagi 2 ta davlat aktivlari  3,6 mlrd so'mga sotildi.

 Jizzax shahri, Kimyogar MFY, Alisher Navoiy ko‘chasidagi qurilishi tugallanmagan Mehmonxona binosining boshlang'ich narxi 2 534 135 600,0 so‘m, sotilgan narxi 3 040 962 720,0 so‘m.

 Jizzax shahri, Navro‘z MFY, Sayrgoh ko‘chasidagi noturar bino-inshootning (sabzavotlarni saqlash muzlatgich binosi) boshlang'ich narxi 506 000 000,0 so‘m, sotilgan narxi 556 600 000,0 so‘m.

Xususiylashtirish uchun asos: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.03.2023 yildagi PQ-102-son qaroriga asosan.

19 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech