Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 May 2026

Oʻzbekiston va Germaniya davlat aktivlarini boshqarish sohasida strategik hamkorlik kengaytirilmoqda

Joriy yilning 18-may kuni “Oʻzbekistonda Germaniya iqtisodiyoti kuni” konferensiyasi doirasida Davlat aktivlari agentligi direktori hamda Germaniya Federativ Respublikasi Federal transport vazirligining transport va infratuzilma sohasidagi davlat korxonalarida davlat ulushlari va aksiyalarini boshqarish direksiyasi rahbari doktor Andreas Kerst boshchiligidagi delegatsiya oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

 

 

Uchrashuv davomida tomonlar Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan transport va infratuzilma sohasidagi davlat korxonalarining faoliyat samaradorligini oshirish, ularni raqamlashtirish, boshqaruv tizimlarini modernizatsiya qilish hamda mazkur tarmoqlarda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish boʻyicha Germaniya tajribasini oʻrganish va amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, uchrashuv davomida aeroportlarni boshqarish tizimini takomillashtirish, aeroport infratuzilmasini zamonaviy boshqaruv mexanizmlari asosida rivojlantirish, avtomobil sanoati yoʻnalishida mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish va mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Tomonlar davlat aktivlarini boshqarish tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassis va masʼul xodimlar salohiyatini oshirish, ularni Germaniyaning yetakchi tashkilotlari va kompaniyalarida tajriba almashish dasturlariga yuborish, malaka oshirish hamda institutsional hamkorlikni rivojlantirish yoʻnalishlarida ham oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalarini muhokama qildi.

 

 

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida ekspertlar darajasida muntazam muloqotlarni davom ettirish, tajriba almashish hamda istiqbolli qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

2 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech