Assalomu alaykum. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Jizzax viloyati hududiy boshqarma jamoasi barcha yurtdoshlarimizni saxovat va mehr-oqibat ayyomi Qurbon hayiti bilan muborakbod etadi. Qurbon hayitining maʼnaviy hayotimizda olijanob fazilatlarni, bagʻrikenglik, muruvvat, doʻstlik va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni mustahkamlash borasidagi oʻrni va ahamiyati beqiyosdir. Ushbu ulugʻ ayyom kunlarida musulmon mamlakatlarning xalqlarini, barcha doʻstlarimizni samimiy qutlab, ularga tinchlik, xotirjamlik hamda farovonlik tilaymiz.