Bugun 24-may kuni Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tmoqda!
O‘quv soatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari ishtirok etishmoqda.
Yurtimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosidagi islohotlar, yangiliklar, siyosiy va jahon xabarlari namoyish etilib, xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy bilimlari yanada rivojlanishiga yordam bermoqda.
O‘quv soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda YouTubedagi sahifasi orqali ham ko‘rishingiz mumkin.