Aziz yurtdoshlar Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi jamoasi samimiy muborakbod etadi!
Mustaqillik — xalqimizning bebaho qadriyati, erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevori, milliy g‘ururimiz va kelajakka bo‘lgan ishonchimiz timsolidir.
Ushbu qutlug‘ sana yurtimizda tinchlik va osoyishtalik, xalqimiz farovonligi hamda Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlarimizga yanada katta kuch va ilhom bag‘ishlasin.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, ishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

