Joriy yilning 4-5-iyun kunlari soat 10:00 dan boshlab Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Agentlikning hududiy boshqarmalari joylashgan binolarda baholovchilar uchun malaka test imtihonlari (https://www.davbaho.uz/ru/5-2010-06-14-09-30-37/2010-06-14-09-31-23/1486-2024-5-5)oʻtkaziladi.
Jizzax viloyat hududiy boshqarmasida ham 2 nafar baholovchilar uchun malaka test imtihoni bo'lib o'tishi belgilangan.
Shuningdek, talabgorlar yashash joylari boʻyicha oʻzlariga qulay Davaktiv agentligi va Agentlikning hududiy boshqarmalari binosiga kelib, test imtihonlarida ishtirok etishlari mumkin.
Test imtihonlari onlayn shaklda bo'lib videotasvir orqali uzatib boriladi.