Joriy yil 28-avgust kuni Davaktiv agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi, Baxmal tuman hokimligi, "Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish" AJ Jizzax viloyat vakili va tegishli mas'ul tashkilotlar ishtirokida savdodagi davlat aktivlari, yer uchastkalari, xususiylashtirish va yaratilgan keng imkoniyatlar to'g'risida "Roadshow" targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-70-sonli farmonining mazmuni-mohiyati, berilgan imtiyozlar, shuningdek, xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, sotuvdagi yer uchastkalari to'g'risida mas'ullar tomonidan batafsil ma'lumot berildi.
Xususiylashtirish jarayoni orqali aholini turmush darajasini oshirish, hokim yordamchilari, mahalla raislari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish lozimligi takidlab o'tildi.