Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

23 Aprel 2026

Davlat aktivlari agentligida ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligida direktor o‘rinbosari Alisher Miraliyev boshchiligida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiVazirlar Mahkamasi va Adliya vazirligining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

 

 

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlashda ijro intizomini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

 

Xususan, “Ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali topshiriqlar ijrosini monitoring qilish, nazorat jarayonlarini kuchaytirish, hisobotlarni shakllantirish va tahlil qilishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

 

 

Shuningdek, tizimdan samarali foydalanish hamda 2026-yil 2-chorak uchun belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

 

Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan amaliy savollar muhokama qilinib, mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi. Tadbir o‘zaro tajriba almashish va hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.

 
 
74 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech